Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1191 TOSHKENT VILOYATIDA BO‘SHAB QOLGAN O‘RINGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING A’ZOSI SAYLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1191                                                    2022-yil  8-noyabr

 

 

Toshkent viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 78 va 87-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlisi 2022-yil 15-noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Amir Temur ko‘chasi 42-uyda joylashgan “Metallurg” madaniyat markazi binosida chaqirilsin.

 

2. Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent viloyati hamda tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlisini ochish Markaziy saylov komissiyasining Raisi Z.Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.

 

3. Mazkur qaror xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga ijro uchun yuborilsin.

 

4. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

 

Rais                                                                           Z.Nizamxodjayev