Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1186 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMIGA TAYYORGARLIK KOʻRISH VA UNI OʻTKAZISHNI MOLIYALASHTIRISH HAMDA MABLAGʻLARDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1186                                                    2022-yil  30-avgust

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18, 42-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Oʻzbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.

 

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi A.Ibodullayev zimmasiga yuklansin.

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

 

Ilovani yuklash