Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1177 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMIDA XORIJIY DAVLATLAR VA XALQARO TASHKILOTLARDAN QATNASHADIGAN KUZATUVCHILAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 


№ 1177                                                    2022-yil  13-iyul

 


O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

 

 

“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasining referendumida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumida qatnashadigan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari to‘g‘risidagi nizom haqida” 2001-yil 27-dekabrdagi 150-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev

Qaror ilovasi (yuklab olish)