Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1170 Farg‘ona viloyati hududida Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning bo‘shab...

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

 № 1170                                                    2022-yil  31-may

 

 
Farg‘ona viloyati hududida Saylov kodeksi normalarining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, shuningdek, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16 - moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. Farg‘ona viloyatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari faoliyatini o‘rganish natijalari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

 

2. Farg‘ona viloyati xokimligi:

 

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati, tuman va shahar Kengashlari, tuman, shahar hokimliklari hamda viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari bilan hamorlikda Saylov kodeksining bir xil tarzda qo‘llanishini ta’minlash, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatini takomillashtirish hamda saylov jihozlarini saqlash yuzasidan Markaziy saylov komissiyasi ishchi guruhining ma’lumotnomasida berilgan takliflar asosida chora-tadbirlar belgilasin va amalga oshirsin;

 

joriy yilning 15-iyuliga qadar ko‘rilgan chora-tadbirlar va ularning natijalari bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasiga ma’lumot taqdim etsin.

 

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B.Kuchkarov va Komissiya a’zosi O.Qozixonova zimmalariga yuklansin.

 

 

Rais                                                                             Z. Nizamxodjayev