Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

№ 1132 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVIGA DOIR SAYLOV BYULLETENINING SHAKLI, MATNI VA TAVSIFINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasining qarori

 

 

№ 1132                                                      2021-yil 23-sentabr

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli, matni va tavsifini tasdiqlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 31 va 32-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:

 

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shakli, matni va tavsifi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 

2. Belgilab qo‘yilsinki:

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning familiyasi, ismi va otasining ismi saylov byulleteniga, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari hamda saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalarga lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi tartibida kiritiladi;

 

saylov byulletenlari okrug saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq saylov okrugi bo‘yicha saylovchilar sonini, shu jumladan saylov okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda saylov byulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda nashr etiladi;

 

nashr etish jarayonida yaroqsiz deb topilgan va ortiqcha nashr etilgan saylov byulletenlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining mas’ul xodimi va saylov byulletenini nashr etuvchi tashkilotning kamida ikki nafar vakillari ishtirokida darhol yo‘q qilinadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzilib, imzolanadi.

 

3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

 

bir hafta muddat ichida O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida ma’lumotlarni taqdim etsin;

 

joriy yilning 13-oktabriga qadar saylov byulletenlarini O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi uchastka saylov komissiyalariga yetkazib berilishini ta’minlasin.

 

4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X. Mamatov) matbaa tashkiloti tomonidan nashr etilgan saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalariga yetkazib bersin.

 

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari:

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yetkazib berilgan saylov byulettenlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilib olinishini, sifatli holda saqlanishini va qo‘riqlanishini ta’minlasin;

 

2021-yil 11-oktabrga qadar uchastka saylov komissiyalariga saylov uchastkasidagi saylovchilar umumiy sonining 5 foizi miqdorida, 2021-yil 21-oktabrga qadar 95,5 foizi miqdorida saylov byulletenlarini tegishli tillarda taqsimlagan holda yetkazib bersin;

 

uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilar sonidan 100,5 foizdan ortiq bo‘lmasligini ta’minlasin.

 

6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

 

7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.

 

 

Rais                                                                               Z. Nizamxodjayev

 

ILOVA