№ 1027 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING KOTIBIYATI TO‘GʻRISIDAGI NIZOMGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1027 2020-yil 1-may

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING KOTIBIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘SHIMCHA VA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 34-son qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI:

1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 18-yanvardagi 905-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati to‘g‘risida”gi Nizomga ilovaga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati rahbari (X.Mamatov) “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyati to‘g‘risida”gi Nizomni nazorat holatiga keltirilishini ta’minlasin.

3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

RaisM. Abdusalomov