№ 1021 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI SAYLOVIGA DOIR AYRIM HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘GʻRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining
qarori

№ 1021 2020-yil 8-yanvar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI A’ZOLARI SAYLOVIGA DOIR AYRIM HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 79–84-moddalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

QAROR QILADI :

1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo‘shma majlisi Maslahat kengashi yig‘ilishining bayonnomasi namunasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari sayloviga doir saylov byulleteni namunasi 2-ilovaga muvofiq;

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo‘shma majlisi sanoq komissiyasining bayonnomasi namunasi 3-ilovaga muvofiq;

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qo‘shma majlisining bayonnomasi namunasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.

4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.

RaisM. Abdusalomov