№ 1020 2020-yil 8-yanvar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING CYENATI A’ZOLARI SAYLOVI BO‘YICHA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI JO‘QORG‘I KENGESINING, XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN, SHAHAR KENGASHLARINING QO‘SHMA MAJLISINI CHAQIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16, 76 va 78-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining qo‘shma majlislari 2020-yilning 16-17-yanvar kunlari ilovaga muvofiq o‘tkazilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining birinchi tashkiliy sessiyalari qo‘shma majlislar bo‘lib o‘tadigan muddatga qadar o‘tkazilishi, shuningdek ushbu sessiyalarda Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash bo‘yicha qo‘shma majlislarda Kengashning nomidan Maslahat kengashi tarkibiga a’zo sifatida kiritish bo‘yicha deputatning nomzodini ko‘rib chiqish tavsiya etilsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmalariga deputatlarning qo‘shma majlislarini o‘tkazishga oid tashkiliy masalalarni hal etish vazifasi yuklatilsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari saylangan Senat a’zolarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun deputatlar qo‘shma majlisining Senat a’zoligiga saylov yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomasini ikki kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasiga yuborilishini ta’minlasin.
5. Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati (X.Mamatov) mazkur qarorni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hamda hokimliklariga ijro uchun yuborsin.
6. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida hamda “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilinsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
RaisM. Abdusalomov