Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati orqali o‘z saylov uchastkangizni aniqlab oling.
1. Buning uchun, Markaziy saylov komissiyasining www.saylov.uz rasmiy veb-saytiga kiring.
2. Saytning “Bosh sahifa” qismiga o‘ting.
3. So‘ngra, “Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatini tanlang
4. Yangi ochilgan oynada birinchi navbatda “Saylov turi” ya’ni “Parlament saylovi” tanlanadi.
5. So‘ngra, pasport yoki ID karta ma’lumotlari hamda tug‘ilgan kun, oy, yil ma’lumotlari kiritiladi.
6. Undan keyin, matematik amalni bajarib bo‘lgandan keyin “Izlash” tugmasi bosiladi.
7. Shundan so‘ng, veb-sayt sizga saylov uchastkasini aniqlab beradi.
8. Aniqlangan ma’lumotlarda saylov uchastkangizni raqami, pasport ma’lumotlari, hududi, saylov uchastkasi manzili hamda xaritada joylashuvi paydo bo‘ladi.
9. Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari my.gov.uz portali orqali ham foydalanishingiz mumkin.
10. Xizmatdan foydalanish bepul.