Avval xabar berganimizdek, respublikamizning barcha viloyatlarida 29-30-may kunlari oʻtkazilgan “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi komissiyalar aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi”ga muvofiq, 104 nafar respublika trenerlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida 944 nafar hududiy trenerlar uchun ikki kunlik oʻquv-dasturiga asosan oʻquv-amaliyot mashgʻulotlari oʻz yakuniga yetdi.
Ikki kunlik seminarlar yakunida tinglovchilarning treningdan olgan bilim va koʻnikmalari test orqali sinovdan oʻtkazildi.
Eslatib oʻtamiz, oʻquv-amaliyot mashgʻulotlarining keyingi bosqichi respublika trenerlarining nazorati ostida 944 nafar hududiy trenerlar tomonidan joriy yilning 2–13-iyun kunlari tuman-shahar markazlarida saylov uchastkalari uchun moʻljallangan binolarda 33 mingga yaqin uchastka saylov komissiyasi aʼzolari (uchastka saylov komissiya raisi, oʻrinbosari va kotiblari) uchun ikki bosqichda tashkil qilinadi.