Ertaga 16-oktyabrdan muddatidan oldin ovoz berish boshlanadi

15.10.2024

36

msk_yangiliklari_in

Ertaga 16-oktyabrdan respublika bo‘ylab saylov uchastkalari soat 9:00 dan muddatidan oldin ovoz berish uchun ochiladi.

 

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ovoz beruvchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

 

Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish kunlari soat 11:00 dan soat 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

 

Muddatidan oldin ovoz berish 2024-yil 16-oktyabr kuni boshlanib, 2024 yil 23-oktyabr kuni yakunlanadi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur