Markaziy saylov komissiyasi o‘rinbosari B. Kuchkarov Sankt-Peterburgda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etmoqda

21.11.2024

189

msk_yangiliklari_in

2024-yil 21-noyabr kuni Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi davlatlarning Parlamentlararo Assambleyasi shafeligida “MDHdagi saylovlarni 30-yillik xalqaro kuzatuvi: tajriba va amaliy natijalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

 

Xalqaro forum MDH Parlamentlararo Assambleyasi, MDH PAga a’zo davlatlar saylovlarni boshqarish organlari, MDH PA Kengashi Kotibiyati hamkorlari - oliy o‘quv yurtlari tomonidan tashkil etildi. Konferensiyani ilmiy, uslubiy va tashkiliy jihatdan MDH PA ishtirokchi davlatlarda Demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti amalga oshiradi.

 

Anjumanda davlat hokimiyati va MDHga a’zo davlatlar saylovlarni tashkil etish organlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar va ekspertlar ishtirok etmoqda.

 

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad Hamdo‘stlik makonidagi saylov va referendumlarni xalqaro kuzatish bo‘yicha to‘plangan tajriba va natijalarni umumlashtirish va tizimlashtirishdan iborat.

 

   

Konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan “Saylovlar va referendumlarni xalqaro kuzatish hamda fuqarolarning saylov huquqlari va erkinliklarini himoya qilish” hamda “Saylovlar va referendumlarni xalqaro va jamoatchilik kuzatuvi” mavzularidagi ikkita panel muhokamasini MDH PA Kengashi kotibiyati rahbarining o‘rinbosari – MDH PA DRMXI direktori, yuridik fanlar doktori, professor I. Mushket ochib berdi va olib bordi.

  

 

 

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Quchkarov “Saylovlar va referendumlarni xalqaro va jamoatchilik kuzatuvi” mavzusidagi panel muhokamasida so‘zga chiqib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov va referendumlarni kuzatishga jalb etish masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

  

   

 

B.Kuchkarov saylov kodeksiga ko‘ra, O‘zbekistonda saylov kampaniyalari davomida milliy darajada kuzatuv saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalar vakillari tomonidan ham, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari tomonidan ham amalga oshirilishi ta’kidlab o‘tildi. “Fuqarolar yig‘inlari aholi manfaatlarini ifoda etadi. Mahalla vakillari tomonidan saylovlar kuzatuvini faolligi va uning tashkil etish darajasi sezilarli oshib borayotganini qayd etish lozim”, - dedi u.

  

 

 

Xususan, 2024-yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda mahalla vakili bo‘lgan 10 801 nafar kuzatuvchi o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tishdi va saylov kampaniyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ustidan monitoring olib borishdi.

 

Bu fuqarolarning halol, adolatli, shaffof demokratik saylovlarni o‘tkazishdan manfaatdorligi, demokratik standartlarni hisobga olgan holda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuksak darajada rivojlanayotganidan dalolat beradi.

 

Siyosiy partiyalar kuzatuvchilarni bir qator mezonlar, jumladan, siyosiy sodiqlik asosida ko‘rsatsa, mahalla kuzatuvchilarni ko‘rsatishda, avvalo, fuqarolarning ishtiyoqiga, o‘zini o‘zi anglashi, mas’uliyati va manfaatdorligiga hamda saylov jarayonining qonuniyligiga va legitimligiga asoslanishi alohida ta’kidlandi.

 

Bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyalarining natijalari, shu jumladan saylovchilarning yuqori darajadagi ishtiroki va saylov kampaniyalarining barcha bosqichlaridagi qonunbuzarliklarning minimal soni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillarining kuzatuvchi sifatidagi ishlarining yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda.

 

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini milliy kuzatuvga bunday jalb qilish O‘zbekistondagi saylov jarayoni MDHning boshqa davlatlaridan ajralib turadigan xususiyati hisoblanadi va boshqa hech bir davlatda uchramaydi”,- deya ta’kidladi I.Mushket.

 

   

 

Konferensiya davomida “Saylov va referendumlarni kuzatish metodologiyasi” va “MDH PAga a’zo davlatlarda masofaviy elektron ovoz berishni kuzatish” mavzularida ilmiy tadqiqotlar natijalari taqdimoti hamda saylovni jamoatchilik kuzatuvi masalalari muhokama qilindi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur