Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

01.01.2023

1236

msk_yangiliklari_in

Aziz vatandoshlar! Muhtaram saylovchilar! Sizlarni kirib kelgan Yangi, 2023-yil bayrami bilan chin dildan, samimiy tabriklaymiz.

Xalqimiz uchun zafarlarga boy bo‘lgan 2022-yilda mamlakatimizda inson qadrini yanada ulug‘lash, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar samarasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Jonajon O‘zbekistonimizning xalqaro nufuzi yanada yuksaldi.

Eng avvalo, yurtimizdan tinchlik- osoyishtalik, ahil-inoqlik va farovonlik, barcha yurtdoshlarimizning hayotidan, xonadonidan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin. Yangi yilda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad tilashdan mamnunmiz.

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur