Yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

10.11.2023

1491

msk_yangiliklari_in

2023-yil 10-noyabr kuni Jalolquduq tumani hokimligi majlislar zalida Xonobod shahar, Qoʻrgʻontepa, Jalolquduq, Xoʻjaobod va Buloqboshi tumanlarining Oila va xotin-qizlar boʻlinmalari rahbarlari, viloyatning faol xotin-qizlari vakillari va avval saylov komissiyalarida ishlagan faollarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi B.Yunusov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati U.Zokirova hamda Adliya boshqarmasi birinchi oʻrinbosari B.Karimovlar “Saylov va referendum oʻtkazish tizimidagi yangiliklar Konstitutsiyaviy qonun loyihasida” mavzusida tushunchalar berdi.


Davra suhbati davomida saylov huquqi, ayollarni saylovda ishtiroki xamda siyosiy partiyalar oʻrni haqida shuningdek, saylov tizimidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur