Yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalari rasman tasdiqlandi va deputatlik mandatlari siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlandi

29.10.2024

10658

msk_yangiliklari_in

2024-yil 27-oktyabr kuni mamlakatimizda yirik siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar, tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz tarixida birinchi marotaba aralash saylov tizimi asosida o‘tgan parlament saylovlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ham katta qiziqish bilan qarshi olindi.

 

 

Qolaversa, mazkur tizimning joriy etilishi siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, jamiyatimizdagi demokratik muhitga yangi quvvat bag‘ishlagani saylovoldi tashviqoti davomida yaqqol namoyon bo‘ldi. Saylovni 65 ming ziyod mahalliy kuzatuvchilar, 850 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bordi, 1 000 dan ortiq mahalliy va xorijiy OAV vakillari keng yoritishda ishtirok etdi.

 

Joriy yilning 28-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi.

 

 

Shundan kelib chiqib, 29-oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Majlisda saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etganligi hamda saylovda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning har biri saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yetti foizidan ko‘p ovoz to‘plaganligi sababli 2024-yil 27-oktyabrda o‘tkazilgan yagona saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb topildi.

 

Shuningdek, hududiy saylov komissiyalarining siyosiy partiyalarga berilgan ovozlarni aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalariga asosan yagona saylov okrugi bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini belgilash va deputatlik mandatlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

    

 

 

 

 

   

 

 

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylov natijalarini belgilash va deputatlik o‘rinlarini siyosiy partiyalar o‘rtasida taqsimlash quyidagi tartibda amalga oshirildi.

 

1. Saylov kodeksining 961-moddasiga asosan saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozlarining yetti va undan ko‘proq foizini olgan barcha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar soni yetmish beshga bo‘lingan holda saylov koeffitsiyenti aniqlandi, ya’ni:

 

14 946 171 ÷ 75 = 199 282,28

 

Shunga ko‘ra saylov koeffitsiyenti 199 282 etib belgilandi.

 

2. Yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasining 75 ta deputatlik o‘rni siyosiy partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:

 

T/r

Deputatlik o‘rinlari taqsimlanadigan

 siyosiy partiyalar

Yoqlab berilgan ovozlar

 soni

Saylov

koeffitsiyenti (199 282)ga

bo‘linish natijasi

Dastlabki

taqsimot

Taqsimlanmay qolgan deputatlik o‘rinlari

1

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati–O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi

5 194 041

26,063737

26

2

2

O‘zbekiston

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

2 812 493

14,113111

14

3

O‘zbekiston

Ekologik partiyasi

1 960 764

9,839129

9

4

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

2 558 016

12,836144

12

5

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

2 420 857

12,147879

12

 

JAMI

14 946 171

75

73

2

 

3. Deputatlik o‘rinlarining dastlabki taqsimotidan so‘ng taqsimlanmay qolgan deputatlik o‘rinlari 2 ta bo‘lib, Saylov kodeksining 961-moddasiga muvofiq, taqsimlanmagan deputatlik o‘rinlari dastlabki taqsimotda har bir siyosiy partiyaga yoqlab berilgan ovozlari saylov koeffitsiyentiga (199 282) bo‘lingandan so‘ng aniqlangan sonning qoldiq qismi (verguldan keyin oltita raqamgacha) kattaroq bo‘lgan siyosiy partiyalarga bittadan mandat berish orqali taqsimlandi, ya’ni:

 

T/r

Deputatlik o‘rinlari taqsimlanadigan

 siyosiy partiyalar

Yoqlab berilgan

ovozlar soni

Saylov

koeffitsiyenti (199 282)ga

bo‘linish natijasi

Keyingi

taqsimot

Siyosiy partiyalar olgan jami deputatlik o‘rinlari soni

1

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati–O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi

5 194 041

26,063737

0

26

2

O‘zbekiston

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

2 812 493

14,113111

0

14

3

O‘zbekiston

Ekologik partiyasi

1 960 764

9,839129

1

10

4

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

2 558 016

12,836144

1

13

5

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi

2 420 857

12,147879

0

12

 

JAMI

14 946 171

 

2

75

 

Yuqoridagilarga ko‘ra, yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga saylovida deputatlik o‘rinlari siyosiy partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi – 26 ta deputatlik o‘rni;

 

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 14 ta deputatlik o‘rni;

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – 13 ta deputatlik o‘rni;

 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 12 ta deputatlik o‘rni;

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi – 10 ta deputatlik o‘rni.

 

Majlisda yuqoridagi taqsimotga asosan Markaziy saylov komissiyasining bayonnomasi rasmiylashtirilib, qaror bilan tasdiqlandi.

 

Bundan tashqari, qaror bilan deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlarga xabarnomalar yuborish belgilandi.

 

Shundan so‘ng, Markaziy saylov komissiyasi ularni Qonunchilik palatasi deputati etib ro‘yxatga oladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur