16.06.2024

1282

msk_yangiliklari_in

Shu kunlarda butun musulmon olamida bo‘lgani kabi mustaqil mamlakatimizda ham muborak Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muqaddas ayyom bilan samimiy tabriklaymiz.

 

Yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarimizni rivojlantirish, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Avvalo, ana shunday buyuk o‘zgarishlar uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

 

Ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani bu oyning fayzu tarovatini yanada oshiradi.

 

Xalqimizning qadimiy va betakror bayramlaridan biri bo‘lgan muborak Qurbon hayitining zamirida inson qadriga ulkan ehtirom, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat singari an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishdek ezgu amallar mujassam. Muqaddas kitoblarimizda darj etilganidek, bu foniy dunyoda insondan qoladigan eng savobli amal – yaxshilikdir.

 

Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin! 

 

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!

 

 

 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur