MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING 2022-YILDAGI FAOLIYATI SARHISOB QILINDI VA 2023-YILGA USTUVOR VAZIFALARI BELGILAB OLINDI

18.01.2023

3128

msk_yangiliklari_in

2023-yil 18-yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida saylov kodeksining bir xil tarzda qo‘llanilishi hamda bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, saylov jihozlarining saqlanish holatini o‘rganish natijalari, Markaziy saylov komissiyasining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2023-yil birinchi yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq avvalambor, 2022-yilda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida xalq deputatlari viloyat (tuman va shahar) Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalari tomonidan Saylov kodeksi normalarining bir xilda qo‘llanilishi hamda mahalliy Kengashlarning bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish amaliyotini, shuningdek saylov jihozlarining saqlanishi holati yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar haqidagi axborot tinglandi. O‘rganish natijalari komissiya aʼzolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va saylov komissiyalarning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Majlisda taʼkidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasining 2022-yildagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, Markaziy saylov komissiyasining ish rejalariga muvofiq tashkil etildi va amalga oshirildi. Xususan, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, norma ijodkorligi, saylov jarayonlari va saylov qonunchiligini qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining ochiqligini taʼminlash, saylov tizimi va saylov jarayonlarini keng yoritish, jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash, saylov tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, saylov jarayonlariga zamonaviy o‘quv texnologiyalari va uslubiy yondashuvlarni tatbiq etish, xalqaro hamkorlik yo‘nalishida olib borilgan ishlar tahliliy ko‘rib chiqildi.

Majlisda joriy yilda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatining muhim yo‘nalishlari ham muhokama etildi, 2023-yilga ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda birinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish reja tasdiqlandi.

Majlisda Markaziy saylov komissiyasi vakolati doirasidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi..

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur