Markaziy saylov komissiyasida MDH Parlamentlararo assambleyasining saylovni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.09.2024

1983

msk_yangiliklari_in

Joriy yil 26-sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Parlamentlararo assambleyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

 

Uchrashuvda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashi bosh kotibi maslahatchisi S.Karavayev hamda MDH PA ishtirokchi davlatlarda demokratiyaning rivojlanishi, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti (DRMXI) ekperti S.Tkachenko ishtirok etdi.

 

 

Uchrashuvda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi bilan konstruktiv hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. MDH PA Markaziy saylov komissiyasining Hamdo‘stlik mamlakatlari bo‘yicha saylov sohasidagi hamkorlaridan biri bo‘lishi bilan birga, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan saylovlarni monitoring qilish va uning natijalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berishda ham faol ishtirok etib kelmoqda.

 

 

Qayd etib o‘tilganidek, saylovning huquqiy asoslarini takomillashtirishda xalqaro tashkilotlar, saylovni kuzatish missiyalari, xususan, MDH PAning tavsiyalarini milliy qonunchiligimiz va amaliyotimizga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Shuningdek, uchrashuvda joriy yil 27-oktyabrda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovlari aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, milliy saylov amaliyotiga tatbiq etilgan yangiliklardan yana biri “E-Saylov” axborot tizimi va mazkur tizimning afzalliklari yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

 

 

O‘z navbatida missiya vakillari bo‘lajak saylovlarni umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuqori tashkiliy darajada o‘tishiga muvaffaqiyat tiladi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur