Mazkur loyihada MSK faoliyati, saylov jarayonlari hamda saylov qonunchiligiga oid savollar bilan hamyurtlarimizga yuzlangan holda aholining saylov jarayonlariga oid savodxonliklarini ijtimoiy so‘rovnoma tarzida o‘rganiladi.
“Sharh +“ning navbatdagi 11-sonida “Necha yoshdan saylovda ishtirok etish mumkin?”, “Nima sababdan saylovda yashirin ovoz beriladi?”, “Sizning o‘rningizga boshqa odam ovoz berishi mumkinmi?” hamda “Qanday hollarda berilgan ovoz hisobga olinmaydi?” kabi savollarga yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari hamda ularga MSK a’zosi Bahodirjon Yunusov tomonidan sharh berib o‘tilgan.