O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA QATOR UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TDI

28.04.2023

3386

msk_yangiliklari_in

Bugun, 28-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan Malayziya Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Moxd Faysal Siyam Bin Abdul Xazis, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotib o‘rinbosari Omer Kochaman, Belorus Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko, Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi Raisi Nurlan Abdirov, Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi Raisi Xudoyorzoda Baxtiyor Tavar boshchiligida delegatsiyalar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda referendum jarayonlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilganligi, MSK tomonidan tasdiqlangan Kalendar reja va milliy qonunchilik asosida referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Referendum arafasida xalqaro kuzatuvchilar referendum o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarda bo‘lib, ularning tegishli darajada tayyorligini qayd etishdi. Shuningdek, referendumni axborot taʼminlanishini yaxshi tashkil etilganini, referendum jarayonida yangi saylov texnologiyalar sinovdan o‘tkazish holatlarni ham alohida taʼkidlashdi.

Malayziya Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Moxd Faysal Siyam Bin Abdul Xazis qayd etishicha:- “Avvalambor, MSK tomonidan referendum jarayonlarini kuzatish uchun taklif etilganimizdan mamnunmiz va o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Guvohi bo‘lganimizdek, jarayonlar OAV orqali qizg‘in yoritib borilmoqda. Malayziya markaziy saylov komissiyasi faoliyatida referendumlarni tashkil etish tajribasi mavjud emas, biroq biz O‘zbekiston tajribasini o‘rganmoqchimiz va bu borada kelgusida hamkorlik qilamiz degan umiddamiz.”

O‘z navbatida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotib o‘rinbosari Omer Kochaman “Turkiy davlatlar tashkiloti missiyasi tarkibi Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mamlakatlari vakillaridan iborat. Biz o‘zbek qardoshlarimizni juda hurmat qilamiz va mazkur referendum jarayonlari xalqaro standartlar asosida ochiq va oshkora o‘tishiga tilakdoshmiz. Markaziy saylov komissiyasi bilan ko‘p yillik hamkorligimizdan kelib chiqib aytishim mumkinki bu yil bo‘lib o‘tadigan referendum puxta tayyorgarlik va yuqori saviyada o‘tajak ”, deb taʼkidladi.

“Markaziy saylov komissiyasi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va huquqiy ishlarni yuqori saviyada yo‘lga qo‘yganligiga guvoh bo‘ldik. Komissiya faoliyatida muvaffaqiyat tilab qolamiz.” - Belorus Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko

Taʼkidlash joiz, kuzatuvchilar missiyalari 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi. Missiyalar O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator referendum uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlar borasida tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur