Saylovlarni o‘tkazish tizimidagi yangiliklar muhokama qilindi

17.11.2023

1780

msk_yangiliklari_in

2023-yil 17-noyabr kuni Asaka Agrotexnologiyalar texnikumi binosida Asaka, Marxamat, va Shaxrixon tumanlarining Oila va xotin-qizlar bo‘linmalari rahbarlari, faol xotin-qizlari vakillari va  avval saylov komissiyalarida ishlagan faollarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosida ishlovchi a’zosi Bahodirjon Yunusov,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirova xamda Adliya boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Boburjon Karimovlar “Saylov va referendum o‘tkazish tizimidagi  yangiliklar Konstitutsiyaviy qonun loyihasida” mavzusida tushunchalar berdi.

Davra suhbati davomida saylov huquqi, ayollarni saylovda ishtiroki hamda siyosiy partiyalar o‘rni haqida, shuningdek, saylov tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ba'tafsil axborot berildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur