Saylov va referendum o‘tkazish tizimidagi yangiliklar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi

10.11.2023

1451

msk_yangiliklari_in

Bugun, 10-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida tibbiyot xodimlari va talabalar ishtirokida “Saylov va referendum o‘tkazish tizimidagi yangiliklar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi B.Yunusov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati U. Zokirova, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Karimovlar ishtirok etib mavzu doirasida tushunchalar berib o‘tdilar. 

 

Jumladan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 7 ta qonuni va saylov kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida axborot berildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur