Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmasi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

10.11.2023

3981

msk_yangiliklari_in

10-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmasi (IFES) prezidenti va bosh direktori Entoni Banberi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

 

 

IFES nodavlat xalqaro tashkilot boʻlib, 50 dan ortiq mamlakatlarda saylov va referendumlar oʻtkazishning huquqiy asoslari va amaliyotini rivojlantirishga koʻmaklashuvchi dasturlarni amalga oshiradi

 

IFES delegatsiyasi samimiy va ochiq qabul uchun oʻz minnatdorligini bildirib, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholangan Konstitutsiyaviy referendum va muddatidan ilgari Prezident saylovlari muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan Markaziy saylov komissiyasini tabrikladi.

 


Uchrashuv davomida MSK va IFES oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari, jumladan, 2024-yilda Oʻzbekistonda parlament saylovlarini tashkil etish borasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.


     
Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi.

 

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur