30.03.2025

158

msk_yangiliklari_in

Shu kunlarda butun musulmon olamida bo‘lgani kabi mustaqil mamlakatimizda ham muborak Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muqaddas ayyom bilan samimiy tabriklaymiz.

 

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, yurtimizda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya hamma ishda asosiy dasturga aylanmoqda. Fuqarolarning huquqlari, vijdon erkinligi ta’minlanayotgani Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Muqaddas dinimiz buyurgan xayrli amallar – ahillik, hamjihatlik, mehr-saxovat, sabru qanoat, axloq-odob, ilmu ma’rifat fazilatlari jamiyatimizda tobora mustahkam qaror topib bormoqda.

 

Ushbu saodatli kunlarda kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatilayotgani, el-yurtimizning tinchligi, baxti va kelajagi uchun duoyi fotihalar qilinayotgani bu oyning fayzu tarovatini yanada oshiradi. Muqaddas kitoblarimizda darj etilganidek, bu foniy dunyoda insondan qoladigan eng savobli amal – yaxshilikdir.

 

Ramazon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin! 

 

Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!

 

O‘zbekiston Respublikasi 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur