21.04.2023

2859

msk_yangiliklari_in

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 20-apreldagi qarori va farmoniga binoan bugun Ramazon hayiti mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Barcha yurtdoshlarimizni ana shu muborak ayyom bilan samimiy tabriklaymiz.

Ushbu saxovatli kunlarda Yaratgandan, eng avvalo, el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka, barchangizga oilaviy baxt, mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr, oʻqish va ishlaringizga ravnaq ato etishini tilaymiz.

Xalqimizning qadimiy va betakror bayramlaridan biri boʻlgan muborak Ramazon hayitining zamirida inson qadriga ulkan ehtirom, ezgulik, shukronalik va mehr-oqibat singari anʼana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etishdek ezgu amallar mujassam. Bu foniy dunyoda insondan qoladigan eng savobli ish – yaxshilikdir.

Ramazon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni yanada munavvar qilib, barchamizni ezgu amallarga undayversin!

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin!

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur