Prezident saylovi xalqaro kuzatuvini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari davra suhbatining markazida

15.05.2024

2230

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 23-may kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH Parlamentlararo Assambleyasining Demokratiya rivojlanishini monitoring qilish xalqaro instituti (PA DRMXI) tomonidan “Hamdo‘stlik mamlakatlarida Prezidentlik instituti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

 

Konferensiya doirasida joriy yilning aprel-may oylarida qator tashkiliy tadbirlar o‘tkazildi va o‘tkazib kelinmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 15-may kuni MDH PA DRMXI va A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda Sankt-Peterburgdagi O‘zbek madaniyat markazida (onlayn shaklda) davra suhbati tashkil etildi, unda 2023-yil 9-iyulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi monitoringi natijalari muhokama qilindi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi va a’zolari, shuningdek MDH PA DRMXIning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uzoq muddatli monitoringi bo‘yicha ekspert guruhi vakillari hamda A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.

 

Davra suhbatining asosiy maqsadi Prezident saylovini kuzatishni xalqaro va milliy miqyosda tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

 

Davra suhbatini MDH Kengashi kotibiyati boshlig‘ining o‘rinbosari – MDH PA DRMXI direktori I. Mushket ochib berdi va bevosita olib bordi.

MDH PA Bosh kotibi – MDH PA Kengashi Kotibiyati rahbari D. Kobitskiy, A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor S. Tarasovlarning qutlov so‘zlari o‘qib eshittirildi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi, MDH ishtirokchi-davlatlar saylov organlari rahbarlarining Maslahatlashuv kengashi raisi Z. Nizamxodjayev va O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli A. Maxmudovlar davra suhbati ishtirokchilarini qutladilar.

 

MDH PA xalqaro kuzatuvchilari ishtirokchi-davlatlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish, shu jumladan saylov qonunchiligining xalqaro demokratik standartlarga muvofiqligini tahlil qilish bo‘yicha olib borayotgan ishlarni bevosita qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirar ekan, Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev – MDH PAning saylovlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish sohasidagi faoliyatini monitoring qilish amaliyotida har yili takomillashish tendensiyasi kuzatilayotganligini qayd etib o‘tdi.

“Shu munosabat bilan, Institut faoliyatiga mustahkam joriy etilayotgan xalqaro saylov kuzatuvini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qilish maqsadida DRMXI tomonidan davra suhbatlari o‘tkazilishi alohida e’tiborga sazovor”, – dedi Z. Nizamxodjayev.

 

2023-yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida MDH PA guruhining xalqaro monitoringi yakunlariga bag‘ishlangan davra suhbatida MDH PA DRMXIning saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonining uzoq muddatli monitoringi bo‘yicha ekspert guruhi rahbari, A.S. Pushkin nomidagi Leningrad davlat universitetining Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi mudiri yuridik fanlar doktori, professor R. Romashovning ma’ruzasi tinglandi va muhokama qilindi.

   

O‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga muvofiq o‘z vazifalarini bajarishi uchun muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ham, ovoz berishning turli bosqichlarida ham, shu bilan birga ovoz berish kuni va uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlar sanab chiqilgunga qadar barcha shart-sharoitlar yaratib berilganligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Shuningdek, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va xalqaro majburiyatlariga muvofiq ravishda saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va erkinliklariga to‘liq rioya qilingan holda, shuningdek saylovni erkin va adolatli tashkil etish hamda uni o‘tkazishning umume’tirof etilgan demokratik tamoyillari va normalariga muvofiq o‘tganligi aytib o‘tildi.

 

Muhokamada MDH PA DRMXI direktori o‘rinbosari Ye. Yeremenko, O‘zbekiston MSK raisi o‘rinbosari B. Kuchkarov, MSK a’zosi G. Raximova va MSK Kotibiyatining Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A. Adxamovlar ham ishtirok etishdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur