Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylov okruglari tuzildi

10.08.2024

1545

msk_yangiliklari_in

2024-yil 10 avgust kuni Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 75 ta bir mandatli saylov okruglarini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Bir mandatli saylov okruglari har bir ma’muriy-hududiy birlik doirasida ulardagi saylovchilar sonidan kelib chiqqan holda tuzildi. Saylov okruglarini tuzish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomalari hamda Markaziy saylov komissiyasining qarorlari “E-Saylov” axborot tizimi orqali qabul qilindi.

Shuningdek, majlis kun tartibidagi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhlarini tuzish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

 

Saylov kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi Ekspert guruhini tuzishi, Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar va adliya organlarining mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etilishi mumkinligi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiya tomonidan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi 3 ta ekspert guruhlari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur