Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASIDA QATOR UCHRASHUVLAR BO‘LIB O‘TDI

30.04.2023

2564

msk_yangiliklari_in

30-aprel kuni Markaziy saylov komissiyasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Komissiya raisi Zayniddin Nizamxodjayev Shanxay Hamkorlik Tashkiloti missiyasi Bosh kotibi Chjan Ming, Xitoy xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi rahbari, elchi Van Kayven, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi missiyasi rahbari Rejeb Sheker boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuvlar chog‘ida referendum jarayonlari xalqaro standartlar va demokratik prinsiplarga muvofiq, MSK tomonidan tasdiqlangan Kalendar reja va milliy qonunchilik asosida referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tizimli ravishda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Taʼkidlash joiz, kuzatuvchilar missiyalari referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib boradi. Missiyalar O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator referendum uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlar borasida tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

Markaziy saylov komissiyasida

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur