MDH KUZATUVCHILARI MISSIYASI RAHBARI SERGEY LEBEDEV BILAN BO‘LIB O‘TGAN UCHRASHUVGA DOIR

28.04.2023

3406

msk_yangiliklari_in

28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining referendumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Markaziy saylov komisiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev referendum jarayonlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilganligi, MSK tomonidan tasdiqlangan Kalendar reja va milliy qonunchilik asosida referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tizimli ravishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berdi.

O‘z o‘rnida, missiya rahbari Sergey Lebedev referendumga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilganligi, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini taʼminlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilganligini qayd etib o‘tdi. 

Taʼkidlash joiz, MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajriba, shuningdek, saylov va referendumni kuzatish bo‘yicha rivojlangan huquqiy bazaga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi. Missiya O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator referendum uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlar borasida o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur