Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

21.03.2024

1365

msk_yangiliklari_in

Aziz vatandoshlar!

Muhtaram hamkasblar!

 

Go‘zal Vatanimizga uyg‘onish, yangilanish, mehr-oqibat va xayru saxovat ayyomi – Navro‘zi olam kirib keldi. Xalqimiz ushbu qutlug‘ shodiyonani bu yil «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» degan bosh g‘oya asosida ko‘tarinki ruh va ezgu orzular bilan keng nishonlamoqda.

 

Uch ming yildan ziyod tarixga ega Navro‘zi olam – sharqona yangi yil borliqning uyg‘onishi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, o‘zida ona zaminga mehr va e’tiborni mujassam etgan, yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan, jamiyatda inson qadrini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan suyukli umumxalq bayramidir. 

 

Aziz vatandoshlar! Barchangizni yangilanish, yasharish va yuksalish bayrami - Navro‘z ayyomi bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar doim yor bo‘lishini tilaymiz.

 

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur