Namangan viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

17.09.2024

370

msk_yangiliklari_in

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yil 27 mayda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasiga muvofiq respublikamiz hududlari bo‘ylab o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari o‘tkazib borilmoqda.

 

Joriy yilning 5-sentyabridan boshlab, mazkur o‘quvlarning 5-bosqichi amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quvlarda barcha tuman, shaharlardagi 33 ming nafar uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblari ishtirok etmoqda.

 

 

           

 

Shu munosabat bilan, Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi va saylovga tayyorgarlik ishlari hamda o‘quv jarayonlari bilan tanishdi.

 

Hududiy trenerlar va tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlar davomida Zayniddin Nizamxodjayev mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon - saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yuqori saviyada tashkil etish, shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligimizga kiritilgan saylovlarga doir o‘zgarishlar mohiyatini keng targ‘ib qilish lozimligini alohida ta’kidladi.

 

         

 

Navbatdagi manzil Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi binosi bo‘ldi, bu yerda MSK Raisi komissiya a’zolari va Matbuot markazi vakillariga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Komissiya a’zolari bilan suhbatlashdi.

 

Suhbatlar davomida MSK Raisi saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlar, galdagi vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi.  

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur