Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar yuzasidan siyosiy partiyalarning oraliq hisobotlari xususida

03.07.2023

3398

msk_yangiliklari_in

Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida nomzod ko‘rsatgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovda ishtirokini moliyalashtirish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Qonunchilikka ko‘ra siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun o‘ziga ajratilgan davlat mablag‘lari yuzasidan oraliq hisobotini saylov kuniga 5 kun qolguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishlari kerak.

Ushbu talabdan kelib chiqib, joriy yil 3-iyul kuni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan siyosiy partiyalar tomonidan ajratilgan mablag‘lar yuzasidan oraliq hisobotlar Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur