Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MSK vakillari YXHT Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari ishtirokidagi davra suhbatida qatnashdilar

04.06.2024

1080

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 4-iyun kuni MSK a’zosi G. Raximova va MSK Kotibiyati bo‘limi boshlig‘i A. Adxamov “Milliy ozchilik vakillarining ijtimoiy va iqtisodiy hayotda samarali ishtiroki bo‘yicha Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarining tavsiyalari: amaliy jihatlari va ilg‘or tajribalari” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori va YXHTning Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari (MOOK) bilan birgalikda tashkil etildi.

 

 

Tadbir davomida Milliy ozchiliklarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda samarali ishtiroki bo‘yicha tavsiyalarning amaliy ahamiyati va milliy ozchiliklarning ijtimoiy-iqtisodiy integratsiya sohasida YXHT mintaqasidagi ilg‘or tajriba muhokama qilindi.

 

Tadbirda hukumat vakillari, ekspertlar, YXHT ishtirokchi-davlatlari vakillari, shuningdek, fuqarolik jamiyati, ozchiliklar jamoalari va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.

 

Davra suhbatini kirish so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A. Saidov, YXHtning Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha Oliy komissari boshqarma direktori, elchi M.Shigel, hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi A. Karttunen ochib berdilar.

 

 

Tadbir doirasida “Taqdimotning asosiy tamoyillari: Milliy ozchilik vakillarining ijtimoiy va iqtisodiy hayotda samarali ishtiroki bo‘yicha YXHT MOOK tavsiyalari” va “Ijtimoiy va iqtisodiy inklyuziya sohasida YXHT mintaqasidagi ilg‘or tajriba” mavzularida ikkita sessiya bo‘lib o‘tdi.

 

Davra suhbatida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi R. Kurbonov, YXHT MOOK katta maslahatchisi E. Kuzborska-Pacha, YXHT MOOK maslahatchisi A. Ayazbekov, “YUKSALISH” umummilliy harakati raisi B. Bekmurodov, Narva Estoniya davlat gimnaziyasi direktori I. Kyaosaarlarning ma’ruzalari tinglandi.

 

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi G. Raximova saylov jarayonida teng huquqlilikni ta’minlash masalalari, Markaziy saylov komissiyasining saylov jarayonining inklyuzivligini ta’minlash borasidagi faoliyati, milliy ozchiliklarning saylovda ishtirok etish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish haqida chiqish qildi.

 

U milliy ozchiliklarning saylov tashkilotchilari va ishtirokchilari sifatida ishtirokini aks ettiruvchi indikatorlarni ishlab chiqish va amalga oshirish haqida gapirib o‘tdi. Xususan, G. Raximova 2023-yilgi saylov kampaniyasi misolida saylovchilar ro‘yxati bo‘yicha, Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkiblari bo‘yicha milliy ozchiliklar kesimidagi indikatorlar tahlili yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi.

 

Shuningdek, saylovoldi kampaniyasi davrida milliy ozchiliklar vakillarini qamrab olish chora-tadbirlari, saylov hujjatlarini ishlab chiqish va taqdim etish yuzasidan axborot berildi.

 

 

YXHT MOOK vakillari Markaziy saylov komissiyasining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini olqishladilar.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur