Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

MSK RAISI OʻRINBOSARI B.KUCHKAROV MALDIV RESPUBLIKASI SAYLOV KOMISSIYASIGA TASHRIF BUYURDI

11.09.2023

4234

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari B.Kuchkarov Maldiv Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etish doirasida Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuad Tofik bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida B.Kuchkarov taklif va qabul uchun minnatdorlik bildirar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi saylov tizimi, shuningdek, joriy yilda boʻlib oʻtgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi boʻyicha referendum va muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Oʻz navbatida Fuad Tofik saylovdagi ishtiroki uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekistonlik mehmonni Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan Saylov komissiyasining faoliyati bilan tanishtirdi. B.Kuchkarov Maldiv Respublikasi saylov komissiyasining saylovchilarning ishtiroki toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni toʻplash va umumlashtirish hamda saylov komissiyasiga taqdim etish, saylov uchastkasi xodimlariga zarur maslahatlar berish funksiyalarini amalga oshiruvchi muvofiqlashtirish markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Tashrif davomida MSK raisi oʻrinbosari bir qator saylov uchastkalarida ham boʻlib, uchastka xodimlari va saylovchilar bilan suhbat oʻtkazdi.

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur