Sayt test rejimida ishlamoqda

MSK Raisi Buxoro viloyatida saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarini o‘rganmoqda

09.09.2024

6

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Farmanov Buxoro viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari hamda hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Safar dastlab, viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. MSK Raisi bu yerda komissiya a’zolari hamda hududiy matbuot markazi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi. Suhbatlar davomida saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi.

 

 

            

 

Shundan so‘ng, Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarida bo‘ldi.

 

 

Mazkur o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarining tinglovchilar bilan muloqoti davomida katta siyosiy tadbir umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga rioya etilgan holda o‘tkazilishi ko‘zda tutilganligi, o‘z navbatida, saylov jarayonlarini milliy saylov qonunchiligiga mos tarzda, uyushqoqlik bilan tashkil etish uchun uchastka saylov komissiyalari a’zolari hamda saylov ishtirokchilarining bilimi va ko‘nikmasi yuqori darajada bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

 

              

 

Ta’kidlash joiz, o‘quv mashg‘ulotlari interaktiv usulda tashkil etilib, ishtirokchilar bilan muloqot, o‘zaro fikr va tajriba almashish tarzida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir mavzu bo‘yicha savol-javoblar, test sinovlari orqali tinglovchilarning bilimlar mustahkamlab borilmoqda

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur