MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASINING NAVBATDAGI MAJLISI TO‘G‘RISIDA AXBOROT

01.05.2023

3896

msk_yangiliklari_in

30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toshkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toshkent shahar okrugi 772-son referendum uchastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi.

Jumladan, komissiya aʼzosining bir nechta byulletenni o‘zi to‘ldirayotganligi hamda ular tomonidan byulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto‘g‘ri ko‘rsatilganlik kabi xatti-harakatlar mazkur uchastkalardagi ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo‘yadi.

Shu sababli, “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz berish chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ushbu uchastkalar bo‘yicha haqiqiy emas deb topildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur