Markaziy saylov komissiyasining majlisi to‘g‘risida axborot

25.03.2025

153

msk_yangiliklari_in

2025 yil 25 mart kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha namunaviy xarajatlar smetasini hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejani tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ma’lumki, Saylov kodeksining 93-moddasiga bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi va saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

 

 

Mamlakatimizda saylov qonunchiligi va amaliyotning bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga o‘tkaziladigan saylov tadbirlarining muddatlari belgilash bo‘yicha 42 ta banddan iborat kalendar reja ishlab chiqildi.

 

Bundan tashqari, majlisda Markaziy saylov komissiyasi a’zolari mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga o‘tkaziladigan saylovlarni moliyalashtirishdagi turlicha yondashuvlarning oldi olinish maqsadida ishlab chiqilgan saylov jarayonlarini moliyalashtirish bo‘yicha namunaviy xarajatlar smetasi loyihasini muhokama qilishdi.

 

 

 

Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur