Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Markaziy saylov komissiyasi vakillari Yerevan shahar oqsoqollar Kengashi saylovlarini kuzatishda ishtirok etishdi

18.09.2023

30026

msk_yangiliklari_in

Armaniston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Markaziy saylov komissiyasi a’zolari X. Mamatov, B. Yunusov joriy yil 17-sentabrda bo‘lib o‘tgan Yerevan shahar oqsoqollar Kengashi saylovini xalqaro kuzatuvida ishtirok etdilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Armaniston Markaziy saylov komissiyasi faoliyati, hududiy va uchastka saylov komissiyalari a’zolari malakasini oshirish, ularni o‘qitishni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.


Saylovlarni kuzatish davomida X. Mamatov va B. Yunusov bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, hududiy va uchastka saylov komissiyalarining ishlari bilan bevosita tanishib, saylov uchastkalari xodimlari, saylovchilar bilan o‘zaro fikr, tajriba almashdilar.

Yerevan shahrining oqsoqollar Kengashiga o‘tgan saylovlarda 475 ta saylov uchastkasida ovoz berish o‘tkazildi. Saylovda 13 ta siyosiy partiya va
1 ta siyosiy blok ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Yerevan shahar saylovchilar ro‘yxatida 824 250 nafar fuqaro mavjud.


Armaniston Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda saylovchilarning ishtirok etishi 28,46 foizni (234 553 saylovchi) tashkil etgan.

 

MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur