Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Surxondaryo viloyatida bo‘lib saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

27.08.2024

589

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Aleksandr Farmanov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi shahar va tuman saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblarining malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 

          

 

Tinglovchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida mazkur o‘quvlar saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni yuqori saviyada tashkil etish, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar mohiyatini anglab yetish va mavjud talablarni to‘laqonli bajarishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etib o‘tildi.  

 

         

 

Tashrif davomida MSK Raisi Surxondaryo viloyat hududiy saylov komissiyasi binosida ham bo‘ldi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi. Suhbatlar davomida saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarni berib o‘tdi.

 

       

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur