Markaziy saylov komissiyasi Raisi Jizzax viloyatida mahalla faollari va yoshlar bilan uchrashdi

06.09.2024

627

msk_yangiliklari_in

Bugun Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizamxodjayev Jizzax shahrida mahalla fuqarolar yig‘inlarining bir guruh faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda Jizzax shahridagi MFY raislari, rais o‘rinbosarlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar, yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida MSK Raisi joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga aralash saylov tizimi asosida bo‘lib o‘tadigan saylovning afzalliklari yuzasidan so‘z yuritdi.

 

 

         

 

Shuningdek, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ishtirok etuvchi kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, saylov tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan fikr almashdi.

 

Tadbirda so‘zga chiqqan mahalla faollari saylov jarayonlari yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

 

 

           

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur