Markaziy saylov komissiyasi raisi, a’zolari o‘quv jarayonlari hamda saylov komissiyalari faoliyati bilan tanishmoqda

24.08.2024

984

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi Raisi va a’zolari ayni kularda hududlarda o‘tkazilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazuvchi tuman, shahar saylov komissiyalari raisi, rais o‘rinbosari va mas’ul kotiblari uchun tashkil etilgan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishmoqda.

 

Xususan, 23-24-avgust kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar saylovini o‘tkazuvchi tuman, shahar saylov komissiyalari raisi, rais o‘rinbosari va mas’ul kotiblari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari hamda mazkur hududlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Urganch davlat universitetida tashkil etilgan seminarlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad, bo‘lajak saylovlarda saylov komissiyalari a’zolarini tayyorlash va ularni saylov qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor qilishdan iborat.

 

                                        

 

O‘quv mashg‘ulotlari dasturidan proporsional va mojaritar saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi saylov jarayoni bilan bog‘liq barcha mavzular o‘rin olgan. 

 

Turli interfaol usullar – suhbat, psixologik mashqlar, bahs-munozara, umuman ilg‘or o‘qitish texnologiyalari asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tahlil qilish, turli holatlarda yuzaga keladigan muammolarni hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Safar davomida, Markaziy saylov komissiyasi Raisi MSK Raisi Zayniddin Nizamxodjayev, komissiya a’zosi Xalmuxammed Paluaniyazov Urganch shahridagi Xorazm viloyati Hududiy saylov komissiyasida bo‘lib 27-oktyabr kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan muhim siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida tashkil etish va ochiq, oshkora o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, XSK binosida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

 

 

                                         

 

Shuningdek, MSK Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, komissiya a’zolari bilan uchrashib, saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

 

Uchrashuvda Z.Nizamxodjayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida saylovga ko‘rilayotgan tayyorgarlik va tashkiliy ishlarga yuqori baho berib, saylov uchastkalarini jihozlash va saylovchilarga zarur qulayliklar yaratish, o‘quv-seminarlar tashkil etish, saylovni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

 

 

                                       

 

Shundan so‘ng, Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘quv binosida shahar va tuman saylov uchastkalari vakillari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarida ishtirok etib, u yerdagi jarayonlar bilan ham tanishdi va siyosiy tadbirda uchastka saylov komissiyalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etishini, shundan kelib chiqib ularning saylov qonunchiligidagi ko‘nikmalari yuqori saviyada bo‘lishi lozimligini qayd etib o‘tdi.

 

Shu kuning o‘zida Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Baxodirjon Yunusov ham Andijon va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari, hududlarda salov jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur