Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MARKAZIY SAYLOV KOMISSIYASI

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Namangan va Farg‘ona viloyatlarida saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblarining malakasini oshirish jarayonlari bilan tanishdi

26.08.2024

319

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Bahodir Yunusov Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi shahar va tuman saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblarining malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Bahodir Yunusov 23-24-avgust kunlari hudularda o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etib tinglovchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida saylovni yuqori saviyada tashkil etish, bu galgi saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar va ushbu muhim siyosiy jarayonni umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar, ilg‘or milliy va xorijiy tajriba asosida o‘tkazishda mazkur o‘quvlarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi. 

 

     

 

Shuningdek, uchastka komissiyalari faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, buning uchun o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirish, saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar mohiyatini anglab yetish va mavjud talablarni to‘laqonli bajarish lozimligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

 

O‘z navbatida, MSK a’zosi hududiy saylov komissiyalari binosida ham bo‘ldi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan suhbatlashdi. Suhbatlar davomida saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berib o‘tdi.

 

     

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur