Markaziy saylov komissiyasi majlisi to‘g‘risida axborot

27.05.2024

9574

msk_yangiliklari_in

Joriy yil 27-may kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2023-yil 18-dekabrdagi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq majlisda Markaziy saylov komissiyasining yangilangan reglamenti hamda Hududiy saylov komissiyalari to‘g‘risida nizom loyihalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.

Mamlakatimizda markazlashgan saylov komissiyalari tizimi shakllanishini hisobga olib, ularning a’zolarini saylov qonunchiligiga kiritilgan yangi normalar bo‘yicha malakasini oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan majlisda saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish Konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiya loyihasi muhokamasida mutasaddi vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari rahbarlari va vakillari ham ishtirok etdilar.

Shuningdek, majlisda Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil birinchi yarim yillik ish rejasida belgilangan vazifalarning 1-chorak yakunlari bo‘yicha ijrosi tahlil qilindi. Ish rejada belgilangan vazifalar to‘liq hamda sifatli bajarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. 

Majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur