Markaziy saylov komissiyasi a’zosi «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

11.07.2024

1361

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan bir guruh mehnat faxriylari «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

 

Jumladan, Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Raximova Gulnoza Abdusattarovna ham 1-darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi. Shu munosabat bilan, Markaziy saylov komissiyasi jamoasi  Gulnoza Abdusattarovnani samimiy muborakbod etadi. 

 

Gulnoza Raximovaga komissiya faoliyati rivojiga qo‘shayotgan hissasi, jonkuyarligi va tashabbuskorligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur