Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba-yoshlarga keng tushuntirildi

27.10.2023

1371

msk_yangiliklari_in

Bugun, 27-oktabr kuni Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirova, Markaziy saylov komissiyasi a'zolari, adliya boshqarmasi vakillari, tuman va shahar partiya faollari, universitetning professor-o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Suhbatda qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi asosida oʻtkazish, saylov organlarining markazlashgan tizimini shakllantirish, saylov komissiyalari tizimini maqbullashtirish hamda Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgani mutaxassislar tomonidan ta'kidlab o'tildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan ishtirokchilarning takliflari tinglanib, ularning savol va takliflari yuzasidan kerakli tushunchalar berildi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur