01.10.2024

672

msk_yangiliklari_in

Aziz yurtdoshlar!

Muhtaram ustozlar!

 

Markaziy saylov komissiyasi jamoasi nomidan barchangizni xalqimizning sevimli bayrami 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan, samimiy tabriklayman.

 

Yangi O‘zbekistonda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish borasidagi ishlarning ko‘lami tobora kengayib, samaralari yuksalib bormoqda. 

 

Buni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda deputatlikka nomzodlar orasida ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohalarining jonkuyar vakillari – pedagoglar soni-salmog‘ining har qachongidan yuqori ekanida ham ko‘rish mumkin. Milliy parlamentimiz quyi palatasi deputatligiga nomzodlar orasida eng ko‘pi pedagoglar – 27,9 foiz, mahalliy kengashlar deputatligiga nomzod-pedagoglar esa 36,3 foizni tashkil etmoqda.

 

Mamlakatimizdagi fidoiy o‘qituvchilar va murabbiylarni, barcha yurtdoshlarimizni ushbu shodiyona kun – 1-oktyabr  bayrami bilan  chin dildan muborakbod etish bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi.

 

Eng avvalo, ona O‘zbekistonimizdan tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va farovonlik, ustozlarimizning, barcha yurtdoshlarimizning hayotidan, xonadonidan hech qachon fayzu baraka, quvonch arimasin.  Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lida olib borayotgan ibratli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar va omadlar yor bo‘lishini tilaymiz. 

 

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

 

Zayniddin NIZAMXODJAYEV, 

MSK Raisi, O‘zbekiston Qahramoni, 

O‘zbekiston Respublikasida 

xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur