Andijonda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokama etilmoqda

09.11.2023

1484

msk_yangiliklari_in

2023-yil 9-noyabr kuni Andijon tumani hokimligi majlislar zalida Andijon viloyatidagi xotin-qizlar, oʻzini oʻzi boshqarish organlari va avval saylov komissiyalarida ishlagan faollar ishtirokida “Saylov va referendum oʻtkazish tizimidagi  yangiliklar Konstitutsiyaviy qonun loyihasida” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

 

 

Mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosida ishlovchi aʼzosi Bahodirjon Yunusov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Umidaxon Zokirovalar soʻz olib, boʻlajak saylovlardagi qator oʻzgarishlar xususida maʼlumotlar berdi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur