Markaziy saylov komissiyasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

07.07.2023

2725

msk_yangiliklari_in

Bugun, 7-iyul kunning ikkinchi yarmida Markaziy saylov komissiyasida muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini kuzatib borish maqsadida mamlakatimizga xalqaro tashkilotlardan va xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ular qatorida Turkiy tilli davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari S.Jafarov hamda Turkiy Davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi missiyasi rahbari H.Ipek boshchiliklarida missiyalar, Bangladesh saylov komissiyasi kotibi A.Jahangir, Qirg‘iz Respublikasi MSK rais o‘rinbosari N.Koychukeyev va Qozog‘iston MSK Rais N.Abdirov rahbarligida delegatsiyalar tashrif buyurishdi.

Uchrashuvda 9-iyul kuni o‘tkaziladigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish qonunchilik talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.

Kuzatuvchilar tomonidan saylovchilarning saylovga oid axborotlar bilan yuqori saviyada taʼminlanganligi, bir qator saylov uchastkalarida biometrik-identifikatsiya qurilmalaridan tajriba sinov tariqasida foydalanish yo‘lga qo‘yilganligi alohida eʼtirof etildi.

Taʼkidlash joiz, xalqaro tashkilotlardan va xorijiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchi kuzatuvchilar 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatib boradi. Xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar O‘zbekistonga tashrifi mobaynida saylov uchastkalarida bo‘lib, kuzatuvlari yuzasidan tegishli xulosalar va tavsiyalari beradi.

 

Markaziy saylov komissiyasi

Matbuot markazi

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur