2023-YIL 13-14-YANVAR KUNLARI ChEXIYADA PREZIDENTLIK SAYLOVI BO‘LIB O‘TDI

17.01.2023

1511

msk_yangiliklari_in

Chexiyada prezidentlik muddati 5 yil bo‘lib, bir shaxsning 2-martadan ortiq o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin emas.

2023-yilgi saylovda jami 8 nafar talabgor o‘z nomzodini qo‘ygan bo‘lsa-da, NNTlar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar 3 nafar nomzodning yaqqol favorit ekanligini ko‘rsatmoqda. Bular quyidagi nomzodlar:

Danuse Nerudova - yagona ayol nomzod. Mutaxassisligi iqtisodchi, Mendele universiteti rektori.

Andrey Babish - Chexiya siyosatidagi mashhur insonlardan. Sobiq Bosh vazir. Chexiyalik milliarder, ANO partiyasi lideri.

Petr Pavel - Chexiya armiyasining isteʼfodagi generali. Uzoq yillar davomida NATO armiyasida faoliyat yuritgan.

Saylovning birinchi tur natijalariga ko‘ra D.Nerudova - 13.9% , A.Babish - 34.99% , P.Pavel - 35.4 % ovoz olgan. Saylovchilarning ishtiroki Chexiya uchun rekord darajada - 68,23% ni tashkil etgan.

Ikkinchi tur saylovlarda P.Pavel hamda A.Babish ishtirok etadi. Maʼlumotlarga ko‘ra ikkinchi tur saylovlar 27-28-yanvar kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur