2023-yil 13-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi, 1-uyda joylashgan “Maʼrifat markazi” (Simpoziumlar saroyi) binosida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtadi.
Majlis kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarini tuzish;
- siyosiy partiyalarning vakolatli vakillarini roʻyxatga olish;
- Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.
Majlis tafsilotlarini Markaziy saylov komissiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda YouTube platformasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi
Matbuot xizmati